• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Hazorasp erkin iqtisodiy zonasida xitoylik investorlar bilan lak-bo‘yoq, shisha mahsuloti va elektrotexnika yo‘nalishida 300 million dollarlik 4 ta loyiha joylashtiriladi.

Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” majmuasida sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga “tayyor holda” topshiriladi.

Shuningdek, viloyatda xorijiy investorlar bilan birgalikda polipropilen, bazalt mahsuloti va sendvich panel ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxona tashkil qilish, ixcham qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ish, meva-sabzavotni qayta ishlash, mebel va noto‘qima material ishlab chiqarish kabi loyihalar ishlab chiqilgan.

Viloyatda tayyorlangan ip-kalavani atigi 30 foizi qayta ishlanmoqda.

Shu munosabat bilan bu yili viloyatga 280 million dollar investitsiya olib kelib, ip-kalavani qayta ishlashni 60 foizga yetkazish muhimligi qayd etildi.

10 million dollardan ko‘p eksport qilgan to‘qimachilik korxonalariga aylanma uchun 5 million dollargacha kredit beriladi.

Ularga chet eldan yuqori malakali mutaxassislar olib kelinib, dizaynerlik va marketingga o‘qitiladi, xorijda savdo uylari ochilib, viloyatdagi to‘qimachilik korxonalariga beriladi.

Подобные новости