• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o'tkazdi. 

Viloyatda ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Xorazmda avtomobilsozlik, turizm, qishloq xo‘jaligi va baliqchilikda malakali kadrlarga talab o‘sib borayapti.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Urganch shahar 2-son kasb-hunar maktabida “Pirson” dasturini joriy qilib, o‘quvchilarga “mehmonxona ishi” va “turizm” yo‘nalishida xalqaro malaka berishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, Urganch universitetida taʼlim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, yangi o‘quv dasturlari joriy qilinadi.

Viloyatdagi poliklinika va shifoxonalar faoliyatini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

Hududdagi tug‘ruqxonalarni qon tozalash uskunasi bilan to‘liq taʼminlash, xorijiy mutaxassislar ishtirokida akusher-ginekolog, neonatolog, reanimatolog va doyalarni o‘qitish topshirildi.

Xonqadagi tibbiyot birlashmasini kompleks qayta qurish loyihasi ishlab chiqilib, 2025-yil davlat dasturiga kiritiladi.

Saxovat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik keng namoyon bo‘ladigan muqaddas Ramazon oyi yaqinlashmoqda.

Davlat rahbari bu muborak oyda ehtiyojmand insonlar, ayniqsa farzandlarimiz holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.

Shu bois, eshitishda nuqsoni bor 500 nafar bolaga bepul koxlear apparati va boshqa implantlar qo‘yish uchun 62 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Yana 2 ming nafar bola eshitish moslamasi bilan taʼminlanadi.

Paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan xorazmlik 10 nafar yoshlarga 7 turdagi zamonaviy sport protez va reabilitatsiya vositalari olib beriladi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Подобные новости