• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Yig'ilishda xizmatlarda o‘sish bo‘lishi uchun transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Shu bois, Urganch va O'zbekistonni boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard so‘m subsidiya beriladi.

Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

“Urganch-Xiva” trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.

Urganch aeroporti boshqaruvi va modernizatsiyasiga xususiy sherik jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.

Davlat rahbari har qarich yerni, har tomchi suvni yuqori hosilga aylantirish yo‘lidan borishimiz shartligini, buni xorazmliklar hammadan ko‘ra yaxshi tushunishini taʼkidladi.

Mutasaddilarga xorijiy davlatlardan sho‘r tuproqqa chidamli paxta navlarini olib kelib, Xorazm sharoitida yetishtirishni tashkil qilish topshirildi.

Urganch shahrida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash laboratoriyasi tashkil etiladi.

Viloyatdagi fermer va klasterlarga 1 mingta texnikani lizing asosida yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.

Подобные новости