• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +18°C
Detail image

Ukraina Milliy banki 2024-yil aprel oyi uchun inflyatsiya hisobotini eʼlon qildi, unda soʻnggi ikki yil ichida mamlakatda 15 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan ishchi kuchining soni chorakdan koʻproqqa qisqargani aytiladi. Milliy bank bunga sabab muhojirlar oqimi va Ukrainada bo'layotgan safarbarlik bilan bog'liq deb hisoblaydi.

“Ushbu qisqarishning deyarli yarmi tashqi muhojirlarning mehnat resurslarini tark etishi bilan bog‘liq. Mobilizatsiya, demografik yo‘qotishlar va ishg‘ol ham muhim rol o‘ynadi”, — deyiladi Ukraina Milliy banki hisobotida. Ukrainaning barcha hududlarida ishchi kuchining qisqarishi kuzatildi, biroq u jangovar harakatlar faol bo'lgan hududlarda ko'proq sezildi.

Ma'lumot o'rnida, 16-aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy safarbarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ko'p o'tmay, mamlakat hukumati Ukrainadan tashqarida harbiy xizmatga majbur bo'lgan erkaklarga ichki va xorijiy pasportlarni berishni taqiqladi. 23-apreldan boshlab harbiy yoshdagi ukrainaliklarga nisbatan barcha konsullik harakatlari toʻxtatildi.

Oxirgi ikki yil davomida ukrainalik qochqinlar yashab kelayotgan bir qator Yevropa davlatlari Ukraina hukumatini qo‘llab-quvvatlab, harbiy yoshdagi qochqinlarni o‘z vatanlariga qaytarishga ko‘ngilli yordam berishdi. Litva mudofaa vaziri Laurinas Kaschiunas Ukraina hukumatiga mamlakatni tark etgan harbiy xizmatchilarni qaytarishda yordam berish zarurligini ma’lum qildi. Uning polshalik hamkasbi Vladislav Kosiniak-Kamish ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqdi.

Подобные новости