• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +18°C
Detail image

Iyun oyida Shveysariyada Ukraina tashabbusi bilan davlat rahbarlari darajasida Global tinchlik sammiti bo'lib o'tadi. Sammitda jahon hamjamiyati Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi oqibatida yuzaga kelgan inqirozdan chiqish yo‘lini muhokama qiladi. 

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazib, "Tinchlik formulasi" haqida gapirib, O‘zbekistonni urushni tezroq tugatish choralari muhokama qilinadigan sammitda ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda Gazeta.uz manbasi xabar bermoqda

Nikolay Doroshenkoning soʻzlariga koʻra, 150 ta davlat, jumladan, Janubiy, Afrika, Janubiy Amerika davlatlari, shuningdek, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ishtirok etish uchun taklifnoma oladi.

Sammitdan koʻzlangan maqsad tinchlik jarayonini muhokama qilish uchun platforma yaratish va Ukrainada tinchlikni tiklashi kerak boʻlgan qoʻshma shartnoma asoslarini tayyorlashdir. 

Подобные новости