• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +24°C
Detail image

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Yig'ilishda Tuproqqalʼa, Shovot va Yangiariqda 1 ming gektarni yopiq sug‘orish tizimiga o‘tkazish bo‘yicha pilot loyiha boshlanishi aytib o'tildi. 

Joriy yilda shaffof tizim orqali 11 ming gektarda suv tejovchi texnologiya joriy qilish, 42 ming gektarni lazerli tekislash rejalashtirilgan.

Xorazmda ko‘plab nasos stansiyalari eskirgani bois, ularning suv yetkazish samaradorligi past, energiya sarfi esa yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan Suv xo‘jaligi vazirligiga 50 ta nasos stansiyani xususiy sheriklikka berish topshirildi.

Xorazmda uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.

Joriy yilda 119 ta ko‘p qavatli uy qurib, 3,5 mingta oilani yashash sharoitini yaxshilash rejalashtirilgan. “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil etilib, 100 ta ko‘p qavatli uy qurilishi boshlanadi.

Mutasaddilarga Xiva shahri, Shovot va Hazoraspni urbanizatsiya bo‘yicha namunali hududga aylantirish choralarini ko‘rish topshirildi.

Подобные новости