• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

AQShning sobiq prezidenti va prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirgan Butler shahrida navbatdagi saylovoldi tashviqoti mitingini o‘tkazadi.

"Men o't o'chiruvchi qahramoonimiz Kori va ikki hafta oldin yaralangan o'sha jasur vatanparvarlar sharafiga katta va chiroyli miting o'tkazish uchun Pensilvaniya shtati Butlerga qaytaman", deb yozgan Tramp o'zining Truth Social sahifasida.

Siyosatchining postida miting qachon va aynan qayerda boʻlib oʻtishi haqida batafsil maʼlumot berilmagan. Biroq, Tramp kampaniyasi yaqinda sodir bo'lgan suiqasddan so'ng yopiq joylarda mitinglar o'tkazishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi kampaniyadan xabardor manbalar.

Eslatib o'tamiz, 13-iyul kuni Trampning Pensilvaniya shtatidagi saylovoldi mitingi vaqtida 20 yoshli Tomas Metyu Kruks siyosatchi gapirayotgan sahnadan taxminan 120 metr uzoqlikda joylashgan bino tomidan o‘t ochdi.

Bir kishi, 50 yoshli o‘t o‘chiruvchi Kori Komperator halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi, Tramp esa o‘ng qulog‘idan jarohat oldi. Otishma sodir etgan shaxs AQSh Maxfiy xizmati tomonidan o'ldirilgan, uning sabablari hozircha noma'lum.

Prezidentlikka nomzodning suiqasddan so‘ng ishtirok etgan birinchi tadbiri Viskonsin shtatining Miluoki shahrida bo‘lib o‘tgan Respublikachilar milliy qurultoyi bo‘ldi. Siyosatchi u yerga bog'langan qulog'i bilan kelgan.

Подобные новости