• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +16°C
Detail image

Avvalroq, Toshkentda bir yoshli qizcha daraxt bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi

Tekshirishda suv quvurlarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishlari oqibatida bir tup daraxtning ildizi ochilganligi va o‘z vaznini ko‘tara olmay yiqilganligi aniqlangan.

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan qizning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

"Biz oilaga har qanday yordamni taqdim etishga tayyormiz. Bu fojiali yo'qotish va hech bir so'z bilan ifoda etib bo'lmas musibat ekanligini anglaymiz. Qizaloq oilasiga chuqur ta'ziyamizni bildiramiz.

Ayni damda kompaniyamiz keng qamrovli tekshiruv ishlarini olib bormoqda va mas'ul shaxslarga nisbatan choralar ko'radi, shuningdek, ish jarayonlariga, shu jumladan ta’mirlash ishlariga o'zgartirishlar kiritadi.

Ko'rib chiqilayotgan imkoniyatlar:

- daraxtlar va boshqa ko'p qavatli obyektlar yaqinida ish olib borilganda, amaldagi me'yorlarda nazarda tutilganidan kattaroq maydonni to'sib qo'yish;

- xavfli zonaning perimetri atrofida odamlarning kirishini cheklash uchun ishchi xodimlarni joylashtirish.

Bundan tashqari, agar ishlar potensial xavfli obyektlar (quruq daraxtlar, eskirgan inshootlar va boshqalar) yaqinida amalga oshirilsa, tayyorgarlik tadbirlarini o'tkazish uchun maxsus xizmatlarni jalb qilish (quruq daraxtlarning shoxlarini kesish, beqaror inshootlarni demontaj qilish, va boshqalar)", - deyiladi xabarda. 

Подобные новости