• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +17°C
Detail image

Joriy yilning 29-fevral kuni BYD rusumli avtomashina haydovchisi, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisi, 2001-yilda tug‘ilgan B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 128-5-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

“Haydovchi, unutmang, yo‘l o‘yin maydoni emas. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.

Подобные новости