• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +28°C
Detail image

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 15-aprel kuni nomaʼlum shaxslar tomonidan yuzlariga niqob taqqan holda Toshkent shahrining Yunusobod tumanining 8-mavzesida maxsus qurilish texnikasidan foydalanib, ko‘p qavatli aholi yashash hududida ko‘p yillik daraxtlarni qasddan nobud qilganliklari bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Prokuratura organlari tomonidan mazkur xabar asosida tekshirish o‘tkazilmoqda.

Hozirda huquqbuzarlarning shaxsi to‘liq aniqlanib, tegishli protsessual chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Nazorat tadbiri davomida daraxtlarni nobud qilgan shaxslar va hududda qurilish ishlari amalga oshirishni rejalashtirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Подобные новости