• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +18.1°C
Detail image

Avvalroq, Toshkentda 1 yoshli qiz ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.  Uni enagasi bolalar aravachasida olib ketayotganda daraxt bosib qolgan. Chilonzor tuman prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilyotgan edi.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tekshirishda suv quvurlarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishlari oqibatida bir tup daraxtning ildizi ochilganligi va o‘z vaznini ko‘tara olmay yiqilganligi aniqlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Подобные новости