• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +20°C
Detail image

Joriy yilning mart oyida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov Surxondaryo viloyatida bo‘lib, voha hayoti, iqtisodiy-investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishgani va ikki tomonlama manfaatli qator hamkorlik shartnomalari imzolangani haqida xabar bergan edik.

Bu safar Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari –sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari janubdagi vohada viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi Surxondaryo delegatsiyasining Tatariston Respublikasiga safari va Rustam Minnixanov rahbarligidagi delegatsiyaning Surxon vohasidagi uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama etish uchun Termizga keldi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiyani Termiz xalqaro savdo markazida qabul qilib, samimiy suhbatlashdi. Muloqotda ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini  yana-da rivojlantirish, avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, yangi loyihalar ustida ishlash xususida atroflicha fikr almashildi. Ikki taraflama tuzilgan shartnoma va bitimlarni bosqichma-bosqich ro'yobga chiqarishga kelishildi.  

Shu kuni mehmonlar Termiz xalqaro savdo markazida amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy elektrotexnika buyumlari va zargarlik mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.

Termiz muhandislik-texnologiya institutida delegatsiya aʼzolari uchun viloyatning investitsiyaviy salohiyati, tog‘-kon sanoatidagi imkoniyatlari, ikki tomon rasmiylari uchrashuvlarida erishilgan loyihalarni amalga oshirishga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.  

Qardosh xalq delegatsiyasi aʼzolari shuningdek, Angor tumanida ertagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish jarayonlari, aholi tomarqalarida parvarishlanayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi.

Подобные новости