• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +30°C
Detail image

27-aprel kuni soat 02:55 larda Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin uch nafar shaxs qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, jinoyatni fosh etish yuzasidan prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘rilgan zarur choralari natijasida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Tergov harakatlari olib borilib, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

Подобные новости