• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +17°C
Detail image

Saudiya Arabistonida ziyorat (turistik) viza, umra va boshqa turdagi vizalar bilan Haj qilishga ruxsat berilmaydi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Saudiya hukumati tomonidan Haj-2024 mavsumida tartibni saqlab va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida keskin jazo choralari joriy etilgan.

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoniga ziyorat (turistik) viza, umra viza, biznes viza va boshqa turdagi vizalar bilan safar qiluvchi fuqarolar viza muddati tugagunga qadar Saudiya hududini tark etishi shart. Ziyorat (turistik)viza, umra viza va boshqa turdagi vizalar bilan Haj qilishga ruxsat berilmaydi. Ushbu xatti-harakatlar noqonuniy hisoblanadi.

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi xorijiy ziyoratchilar va Podshohlik aholisini “Haj-2024” mavsumida maxsus ruxsatnomasiz haj amallarini bajarishlarining huquqiy oqibatlari haqida ma’lum qildi.

“Viza muddatini buzish, Saudiya hududida qolib ketish, vizada belgilangan muddatdan ortiqcha yashash hamda haj vizasidan boshqa turdagi vizalar bilan Haj qilganlik uchun Saudiya qonunchiligida qat’iy choralar belgilangan. Ushbu qoidani buzganlik uchun 10 yil muddatga deportatsiya qilish yoki 6 oy qamoq jazosi belgilangan. Ushbu qoidani buzgan ziyoratchilar, shaxslar, turfirma va tashkilotlarga 50.000 saudiya riyoli (13,400 AQSH dollari) miqdorida jarima belgilangan”, deyiladi xabarda.

Подобные новости