• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +25.9°C
Detail image

Rossiya hukumatining Telegram’dagi rasmiy kanalida aytilishicha, shakar eksportini taqiqlash “ichki oziq-ovqat bozori barqarorligini saqlash”ga qaratilgan.

Rossiya hukumati mamlakatdan qamish va lavlagi shakarini, shuningdek, kimyoviy toza saxarozani eksport qilishni vaqtinchalik taqiqlashni joriy qildi. Qaror "ichki oziq-ovqat bozori barqarorligini saqlashga qaratilgan”, deb xabar berdi Rossiya hukumatining 3-may, juma kuni rasmiy Telegram kanali. Cheklovlar kamida 2024-yil 31-avgustgacha amal qiladi.

Taqiqlashdan istisnolar Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YEOI) mamlakatlariga tegishli - Rossiya hukumati ularga ma'lum hajmlarda shakar yetkazib berishga ruxsat berdi. Shunday qilib, yoz oxirigacha Qozog‘istonga 120 ming tonna, Qirg‘izistonga 28,5 ming tonna, Armanistonga 28 ming tonna, Belarusga 5 ming tonna shakar yetkazib berishga ruxsat berilgan.

Rossiya Qishloq xo'jaligi vazirligi mart oyida Rossiyadan shakar eksportini cheklashni taklif qildi. Ta'kidlanishicha, Rossiya shakari "dunyodagi eng arzonlaridan biri bo'lib, jahon bozorida unga bo'lgan talabni rag'batlantiradi". Rossiya hukumati ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil 1-avgustdan 2024-yil fevral oyi oxirigacha Rossiya Federatsiyasi 700 ming tonnadan ortiq shakar eksport qilgan - bu o'tgan yilga nisbatan 3,3 baravar ko'p. Bu davrda Turkmaniston, Afgʻoniston, Turkiya, Shimoliy Koreya va Senegal kabi davlatlar Rossiyadan shakar import qila boshladilar, deya taʼkidladi Qishloq xoʻjaligi vazirligi.

Подобные новости