• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasi final uchrashuvi Angliyaning “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Madridning “Real” hamda Germaniyaning “Borussiya” klublari to‘qnash keldi. Uchrashuvni sloveniyalik hakam Slavko Vinchich boshqarib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Germaniya klubi to‘liq ustunlik qildi. “Borussiya” zarbalar sonida ham, ularning aniqligida ham Madrid klubidan ustunlikka erishdi. “Real” birinchi bo‘limda birorta aniq zarba bermadi. 

Ikkinchi bo‘limda “qirollik klubi” aniqroq va keskinroq o‘ynashni boshladi. Zarbalarning soni va aniqligi ortdi. Uchrashuvning 74-daqiqasida Karvaxal bosh bilan hisobni ochdi. Shundan so‘ng ham Madrid klubi o‘z omadini hujumda sinashda davom etdi. Natijada 82-daqiqada Belingemning uzatmasidan so‘ng Vinisius hisobni 2:0 ga yetkazdi. 

86-daqiqada Fyulkrug bosh bilan zarba berib darvozani ishg‘ol qildi. Ammo gol ofsayd sabab hisobga olinmadi. 

Shu tariqa “Real” klubi 15-bor Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Chempionlar Ligasi,

Final bahsi

1-iyun, shanba

“Borussiya D” — “Real ” 0:2

Подобные новости