• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +23°C
Detail image

Qozog‘istonning Jambil viloyatida 27-aprel kuni qor yog‘di. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Sinoptiklar 27-aprel kuni Qozog‘iston janubi va janubi-sharqida kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq, do‘l va jala bo‘lishi, shimoli-g‘arbda esa yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilayotgani haqida ogohlantirgandi. 

Mamlakatning shimoliy hududlarida kechasi havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda.

Mahalliy aholiga ko‘ra, qor asosan Jualinskiy tumanining administrativ markazi – Bauirjana Momishuli qishlog‘ida qayd etilgan. Jualinskiy tumani g‘arb va janubi-g‘arbda Turkiston viloyati bilan chegaradosh.

Jambil viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 27-dan 28-aprelga o‘tar kechasi viloyatda havo harorati -8 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Shamolning tezligi 20-25 metr/ sekundgacha kuchayishi mumkin.

Подобные новости