• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +28.9°C
Detail image

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ustidan nazorat yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2024-yilda energiya tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini fosh etish bo‘yicha o‘tkazilgan 2258 ta reyd tadbirlarida 1869 ta noqonuniy holatlar aniqlanib, 12,5 mlrd so‘m zararlar undirilgan.

Bundan tashqari noqonuniy holatlar yuzasidan 990 ta holatda maʼmuriy va 28 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari doirasida aniqlangan zararning 2,8 mlrd so‘mi undirilishi taʼminlandi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Подобные новости