• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Toshkent shahar hokimi Hukumatning joriy yil 9 sentyabrdagi «2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni munosib taqdirlash to‘g‘risida»gi 558-son qarori ijrosini taʼminlashga doir qarorini imzolagan.

Unga ko‘ra, Parij shahrida 2024 yil 28 avgustdan 8 sentyabrgacha bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan sportchilarni “Mahalla” xayriya jamoat fondining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobidan tushgan homiylik xayriyalari hisobidan sovg‘a sifatida uy-joylar bilan taqdirlangan.

Hokim qarorida, shuningdek, yozgi Paralimpiya o‘yinlarida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan sportchilarni bir martalik pul mukofoti hamda yengil avtomobillar bilan taqdirlash va ularni tayyorlagan trenerlarga bir martalik pul mukofoti taqdim qilish ham nazarda tutiladi.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston delegatsiyasini Parij Olimpiadasiga tantanali kuzatish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari miqdori – chempionlarga 200 ming dollari, kumush medal sohiblariga 100 ming dollar, bronza medal sovrindorlariga esa 50 ming dollar ekanini bildirgan edi. 

Qayd etilishicha, Hukumatning yuqoridagi qarorida sportchilarga berilgan uy-joylar hamda yengil avtomobillar «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi» sifatida mulk huquqi asosida sportchilarga bepul berilishi belgilangan.

Bundan tashqari, milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun bir martalik to‘lanadigan pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi va ularga ijtimoiy soliq hamda sug‘urta badallari hisoblanmaydi. 

Подобные новости