• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Timur Kapadze boshchiligidagi Olimpiya terma jamoasining yakuniy 18 kishilik tarkibi e’lon qilindi. 

Yana 4 futbolchi 18 kishilik tarkibdan kimdir jarohat olsa, o‘rniga tarkibga qo‘shilishi mumkin. Tarkibdagi birinchi raqamdan 18-raqamgacha bo‘lgan futbolchilar “zayavka”dagi futbolchilar sirasiga kiradi. 19—22-raqamdagi futbolchilar esa FIFA tomonidan ruxsat berilgan favqulodda holatlardagina jamoaga yordam berishi mumkin. 

O‘zbekiston Olimpiya termasining tarkibi:

1. Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);

2. Saidzamat Mirsaidov (“Olimpik”);

3. Abduqodir Husanov (“Lans”);

4. Xusniddin Aliqulov (“Rizespor”);

5. Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”);

6. Ibroximxalil Yo‘ldoshev (“Qayrat”);

7. Abbosbek Fayzullayev (“SSKA”)

8. Ruslan Jiyanov (“Navbahor”);

9. Husain Norchayev (“Neftchi”).

10. Jasur Jaloliddinov (“Neftchi”);

11. Oston O‘runov (“Persepolis”);

12. Vladimir Nazarov (“Paxtakor”);

13. Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”);

14. Eldor Shomurodov (“Roma”);

15. Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”);

16. Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”);

17. Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);

18. Abdurauf Bo‘riyev (“Paxtakor”);

Zaxira o‘yinchilari: 

19. Ibrohim Ibrohimov (“Paxtakor”)

20. Alisher Odilov (“Olimpik”);

21. Bexruz Asqarov (“Paxtakor”);

22. Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”);

Ma’lumot uchun, Parij—2024 Olimpiadasida O‘zbekiston U23 jamoasi Olimpiadada C guruhidan joy oldi. O‘zbekiston U23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi. Ispaniya bilan o‘yin 24-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Подобные новости