• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +18.1°C
Detail image

O‘zbekistonning 2023-yil 27-martdagi “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 197-7-modda (tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish) bilan to‘ldirildi.

2023-yilda (amalga kiritilgan kundan boshlab) Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-7-moddasi bilan 62 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 40 nafariga jarima jazosi, 22 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

2024-yilning 1-choragida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-7-moddasi bilan 25 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 14 nafariga jarima jazosi, 11 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Подобные новости