• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Lisyun Shavkat Mirziyoyevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

"Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki nomidan tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga o‘zimning eng samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yetkazmoqchiman. Ushbu o‘zgacha kun quvonch, farovonlik va baxtga to‘lsin.

Shuningdek, Siz Janobi Oliylarining uzoqni ko‘zlagan rahbarligingiz ostida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan OIIBga ko‘rsatilayotgan qatʼiy ko‘mak uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildirmoqchiman.

O‘zbekiston OIIBning asoschilaridan va qatʼiy tarafdorlaridan biri bo‘lib, bizning eng qimmatli hamkorlarimizdan biriga aylandi. O‘zbekistonda OIIB tomonidan maʼqullangan moliyalashtirishning umumiy hajmi 3,1 mlrd. dollarga yetdi. Ushbu salmoqli investitsiya portfeli O‘zbekiston taraqqiyot dasturiga bo‘lgan ishonchimizni aks ettiradi.

Janobi Oliylarining 2024 yil yanvar oyida Pekin shahridagi bosh qarorgohimizga tashrifi hamkorligimizni yangi bosqichga ko‘targan muhim voqea bo‘ldi. Tashrif davomida uch yillik Investitsiya dasturining imzolanishi tomonlarning umumiy maqsadlarni aniq harakatlar va ustuvor loyihalarga aylantirishga sodiqligini namoyish etdi.

Ayni paytda ushbu Investitsiya dasturini amalga oshirishda hukumatingiz bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Bundan tashqari, biz infratuzilmani investitsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun xususiy sektor bilan faol hamkorlik qilmoqdamiz.

Uchrashuvimiz chog‘ida taʼkidlaganimdek, biz O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini yana-da qo‘llab-quvvatlash uchun yangi loyihalarni izlaymiz.

Fursatdan foydalanib, joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida OIIB Boshqaruvchilar kengashining 9-yillik yig‘ilishi tashkil etilayotgani uchun Sizga va Hukumatingizga samimiy minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz. Ushbu tadbir Markaziy Osiyodek muhim mintaqada Boshqaruvchilar kengashining birinchi yillik uchrashuvi bo‘ladi.

Janobi Oliylarining qatʼiy rahbarligi ostida yillik uchrashuv katta muvaffaqiyat bilan o‘tishiga ishonamiz va O‘zbekiston Hukumati bundan buyon ham bizga ko‘maklashishda davom etishiga umid qilamiz.

Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz", - deyiladi tabrikda. 

Подобные новости