• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +21°C
Detail image

Kirovda politsiya O‘zbekistonda odam savdosida gumonlanayotgan 21 yoshli muhojirni qo‘lga oldi. Bu haqda Lenta.ru’ga Rossiya Ichki ishlar vazirligining Kirov viloyati bo‘yicha matbuot xizmati ma’lum qildi.

Huquq-tartibot idoralari vakillariga ko‘ra, erkak davlatlararo qidiruvda bo‘lgan. Rossiya hududida u o'z mamlakatining qonunlaridan yashiringan. Qo‘lga olingan shaxs politsiyaga qizlarni sotgani uchun qidiruvda bo‘lganini tan oldi.

Buxoroda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (“Odam savdosi”) bilan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tezkor xodimlar ekstraditsiya tekshiruvini o‘tkazdi. Qo‘lga olingan qul savdogar O'zbekistonga olib ketiladi.

Подобные новости