• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +25°C
Detail image

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirilishi mumkin. Bu haqda AOKA da o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida qonun nazarda tutilayapti. 

"E’tiborli bo‘ling, qabul qilinishi kutilayotgan qonunda joyni noqonuniy egallab olib, u yerda hozir qurilish qilayotganlarning bu ishini oqlash, e’tirof etish nazarda tutilmagan.Aksincha hozirda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish qilayotganlar qonunbuzarlik turiga ko‘ra, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi. Qonunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha ma’lum davrlar belgilangan bo‘lib, ushbu davrlar kosmik suratlar yordamida aniqlanadi", deydi u.

Shuningdek, ko‘chmas mulkka, bino va inshootga bo‘lgan huquqlar vujudga kelganidan keyin bir oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat qilinishi lozimligi aytildi. O‘z vaqtida murojaat etmaslik MJTK ning 681-moddasiga asosan, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi. Ushbu jarimalarni qo‘llash bo‘yicha Kadastr agentligi vakolatli organ hisoblanadi.  

Ne’mat Atamuratovning so'zlariga ko'ra, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi. Javobgarlikdan ozod etish kodeksning 60-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikka tegishli, ya’ni yer uchastkasini o‘zboshimcha egallab unda qurilish qilish bilan bog‘liq holat bundan mustasno.  

Подобные новости