• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Statistika agentligi 2024-yil yanvar-iyun oylarida o‘zbekistonliklar o‘limiga asosan nima sabab bo‘layotgani haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 100 000 nafar  aholiga jami vafot etgan erkaklar soni 238,6 nafarni, ayollar esa 201,6 ni tashkil qilgan. Shulardan 58,4 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,4 foizi – o‘simtalardan, 6,6 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,3 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 foizi – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 1,1 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 15,1 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Shuningdek, eng ko‘p o‘lim ulushi Samarqand (10,9 %) viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (10,4 %), Toshkent shahri (9,7 %), Andijon viloyati (9,3 %) va Qashqadaryo viloyati (9,1 %)  qayd etilgan.

Подобные новости