• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Markaziy bank raisi yig'ilishda O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari yarim yilda 6,5 mlrd dollarni tashkil qilgani haqida ma'lum qildi.

“O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari yarim yilda 6,5 mlrd dollarni tashkil qildi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 25 foizga pasaydi. Yil boshida biz 11-12 foizlik o‘sishni kutgan edik.

Mehnat migratsiyasi geografiyasi ham o‘zgarmoqda. AQSHdan kirib kelgan pul o‘tkazmalari 43 foizga, Germaniyadan 64 foizga, Polshadan 2 barobarga va Janubiy Koreyadan 1,9 barobarga ko‘paydi”, — Markaziy bank raisi.

Rossiyadan kirib keladigan pul o‘tkazmalari ulushi ikki yil odlingi 82 foizdan 77 foizga tushdi va 4,95 mlrd dollar bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni 347 mln dollar bilan Qozog‘iston, 271 mln dollar bilan AQSH va 262,3 mln dollar bilan Janubiy Koreya egallagan. 

Подобные новости