• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

O‘zbekistonda bank va bir qator soha vakillari eng ko‘p, taʼlim hamda sog‘liqni saqlash xodimlari eng kam o‘rtacha oylik olmoqda. Bu haqda Statistika agentligi sharhida maʼlumot berildi.

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mni tashkil etdi. Eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahri (8,4 million so‘m) va Navoiy (6,6 million so‘m) viloyatida qayd etildi. 

Yarim yil davomida mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi — bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelib, 14,4 million so‘mni tashkil etdi. Axborot va aloqa sohasi vakillariga o‘rtacha 12,4 million so‘m, tashish va saqlashga 7,7 million so‘m, sanoat sohasida 6,2 million so‘m to‘langan.

Taʼlim (3,5 million so‘m), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,3 million so‘m) sohalari o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha boshqa sohalardan quyi pog‘onalarda qolmoqda.

Подобные новости