• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +20°C
Detail image

23-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi.

"Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari boʻyicha davlat kotibi Devid Kemeron janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. Suhbatimiz samarali va mazmunli bo‘lib, barcha sohalar bo‘yicha aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratdik. 

Britaniya tomonining ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini qadrlaymiz. Shuningdek, Keng qamrovli sherikchilik toʻgʻrisidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro bogʻliqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumini imzoladik", - deya yozgan Baxtiyor Saidov

Подобные новости