• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +16°C
Detail image

Ijtimoiy tarmoqlarda “7 yoshlik qizga 60 yoshlik erkak tahdid qilib, o‘zining g‘arazlik niyatini amalga oshirmoqda" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi.

Yangi Namangan tumanida yashovchi F.O. (ayol) ichki ishlar organlariga o‘z arizasida 2024-yil 27-mart kuni voyaga yetmagan qizi (2017-yilda tug‘ilgan) J.S. ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan vaqtida shu yerdan o‘tib ketayotgan I.B. (erkak) qizni o‘z avtomashinasiga chiqarib, unga uyatsiz buzuq harakatlar qilganligini bildirgan.

Ushbu voqea yuzasidan joriy yilning 5-aprel kuni Namangan shahar IIO TB tomonidan I.B. ga nisbatan JKning 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirga tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Подобные новости