• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +17°C
Detail image

O'zbekiston bosh konsuli Sherzod Abdunazarov "Marmara Grubu" strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi bosh kotibi Sezgin Bilgich va Chernogoriyada ro'yxatdan o'tgan "Macellan" kompaniyasi direktori Burak Alaybeyoglu bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Suhbat chog'ida mehmonlarga O'zbekistonda xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi islohotlar haqida ma'lumot berildi.

Sezgin Bilgich O'zbekiston energetika sohasiga sarmoya kiritishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Xususan, muqobil energetika tarmog'ini rivojlantirish hamda yonuvchi organik ko'mir moddasidan atrof muhitga zararsiz uslubda foydalanish mexanizmini joriy etishga hissa qo'shmoqchi ekanligini ta'kidladi.

O'zbekiston diplomatlari "Marmara Grubu" rahbariga ushbu taklifni mutaxassislar ishtirokida o'rganib chiqish maqsadida mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari vakillari bilan muzokaralar o'tkazishga ko'maklashishlarini bildirdilar.      

"Macellan" kompaniyasi rahbari Chernogoriyada uy-joy qurilishi ishlariga O'zbekistondan malakali quruvchilarni ishchi jalb etish istagini ma'lum qildi.

Uchrashuv yakunida xorij tomoniga shu yilning 2-3 may kunlari bo'lib o'tadigan III Toshkent xalqaro investitsiyaforumiga ishtirok etish taklifi bildirildi.

Подобные новости