• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +19°C
Detail image

Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan Kuvaytning "Gulf General Trading Co. Ltd." kompaniyasi rahbari Iyad Solih Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muzokaralar chog'ida Kuvayt tomoniga O'zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay muhit, mamlakatimizdagi bozor tendensiyalari va moliyaviy modellashtirish bo'yicha batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, Sergeli tumaniga investitsiyalar jalb qilish va zamonaviy texnologiyalarni olib kelish, shuningdek, farmatsevtika bo'yicha ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va "Sergeli Mall" savdo majmuasini qurish loyihasida ishtirok etish takliflari bildirildi.

O'z navbatida, investor Iyad Solih Sergeli tumanida joylashgan davlat tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan jihozlash, dunyodagi so'nggi texnologiyalar asosida kasallikni erta aniqlash va tashxis qo'yish texnologiyalarini olib kirish taklifini bildirdi. Kuvayt vakili ko'p qavatli turar joy binolarini qurish yo'nalishida ham hamkorlikka tayyor ekanini ma'lum qildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o'zaro hamkorlikning aniq yo'nalishlarini belgilab oldilar va unga investitsiya kiritish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishdilar.

Подобные новости