• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27°C
Detail image

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 274-sonli qaroriga muvofiq,  Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tizimida Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Markazni tashkil etishdan maqsad kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruv organlarini kosmik suratlar bilan taʼminlash, shuningdek kosmik texnologiyalarni qoʻllash orqali ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyishdan iborat.

Markaz quyidagi yoʻnalishlarda oʻz faoliyatini olib boradi:

– sunʼiy yo‘ldosh apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash, uning maʼlumotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish;

– kosmik sohaga oid xizmatlarni koʻrsatish;

– kosmik sohaga ilmiy va innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida mazkur sohadagi ilmiy va innovatsion ishlarni amalga oshirish;

– kosmik va geoaxborot texnologiyalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida iqtisodiyot tarmoqlari, mudofaa va xavfsizlik sohalari hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.

Shuningdek, Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarga kosmik monitoring, sunʼiy yoʻldosh hamda uchuvchisiz uchish apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash maʼlumotlarini taqdim etish va kosmik sohaga oid boshqa xizmatlar koʻrsatish vakolatlariga ega.

Подобные новости