• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Aholi, ayniqsa yoshlarga yerlarni auksion orqali bo‘lib berishi amaliyoti Xorazmda ham davom ettiriladi.

Mutasaddilarga shu tartibda har bir tumanda 100 gektardan yerni bo‘lib berish topshirildi.

Viloyatda sovutgichli ombor va kichik logistika markazlariga ehtiyoj katta.

Shu munosabat bilan har bir tumanda 40 tadan kichik sovutgichli ombor tashkil qilish boshlanadi. 10 ta kichik agrologistik markazi qurilib, tadbirkorlarga tayyor holda taklif qilinadi. Bunga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Xorazmda sholichilik bo‘yicha yondashuvlarni o‘zgartirish vaqti kelgani qayd etildi. Chunki zamonaviy ilmiy yondashuv, yangi nav yo‘q, suv sarfi yuqori.

Shuning uchun yangi hosildor sholi navlarini olib kelib, Xorazm sharoitida sinash muhimligi taʼkidlandi. Koreyalik hamkor bilan sholi urug‘chiligi korxonasi tashkil etiladi.

Sholichilikda suv tejovchi texnologiya joriy qilish uchun subsidiya berish va klasterlarga sholi xaridi uchun imtiyozli kredit ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Подобные новости