• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +20°C
Detail image

Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli va isteʼdodli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida, uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng bu yorug‘ olamni tark etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi

Maʼlumot uchun, Mashrab Kimsanov "Vodillik kelin", "Olovli yo‘llar", "Otamdan qolgan dalalar", “Masxaraboz”, “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, "Sehrli qalpoqcha", "Onaginam orzusi" kabi ko‘plab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Shuningdek, ijodkor "Tog‘lik kuyov" filmining postanovkachi rejissyori hisoblanadi.

Uzreport.news tahririyati marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Подобные новости