• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +16°C
Detail image

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Yil yakunigacha Urganch va Xiva shaharlari hamda Gurlan va Tuproqqalʼa tumanlarida oqova suv tarmog‘ini qurish loyihasi boshlanadi.

Elektr tarmoqlari, podstansiya va transformatorlarni to‘liq yangilash bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi.

Bunda, 2024 yilda 1 ming kilometr tarmoq, 10 ta podstansiya va 500 ta transformatorni yangilash ko‘zda tutiladi.

Kelgusi ikki yilda Xorazmda tuproq yo‘llar umuman qolmasligi kerakligi qayd etildi.

Yaroqsiz yo‘llarning yarmini shu yilni o‘zida taʼmirdan chiqarish, “Urganch-Shovot” yo‘lining 20 kilometrini saqlashga xususiy sektorni jalb qilish topshirildi.

Viloyatdagi 233 kilometr yo‘llar “hajm” usulida taʼmirlanishi, Tuproqqalʼa, Hazorasp, Xonqa va Urganch tumanidan o‘tgan “4R-156” avtomobil yo‘lining 84 kilometri sement beton qoplamaga o‘tkazilishi belgilandi.

Подобные новости