• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Ispaniyaning "World2Fly" aviakompaniyasi Madridni Toshkent va Urganch bilan charter reyslar orqali bog‘laydi. Madrid-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha birinchi yoʻlovchi reysi 2024-yil 23-mayga belgilangan.

Toshkent –   Madrid – Toshkent va Urganch - Madrid - Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har ikki haftada bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozlar Airbus A330-300 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024-yilning sentabridan oktyabriga qadar qayta tiklanadi.

"World2Fly" — 2020-yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Palma-de-Malyorkada (Ispaniya) joylashgan ispan aviakompaniyasi.

Подобные новости