• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +20°C
Detail image

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi yangi tarkibda tashkil etiladi. Atamalar komissiyasi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi nizom tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining

Tarkibi: 

  • A.N. Aripov O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi
  • X.M. Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – spichrayteri, Komissiya raisi o‘rinbosari
  • Z.B. Mahkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari
  • Sh.S. Sirojiddinov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik, Komissiya raisi o‘rinbosari
  • N.M. Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, Komissiya raisi o‘rinbosari
  • Sh.M. Sadikov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari
  • M.M. Qarshiboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘’ba mudiri (kelishuv asosida)
  • G‘.Sh. Eshmurodov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti (kelishuv asosida)
  • K.A. Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
  • H.O‘. Umarova O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
  • A.A. Xudayarov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri v.b.
  • Sh.A. Ayupov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, akademik
  • O.A. Xasanov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
  • A.H. Ziyo O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, akademik
  • S.S. Saidov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi
  • I.M. Mirzaaliyev O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Jadid” gazetasi bosh muharriri (kelishuv asosida)
  • X.N. Do‘stmuhammad O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, yozuvchi (kelishuv asosida)
  • Sh.T. Rizayev Kinemotografiya agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari
  • B.A. Abduhalimov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
  • S.Y. Islamov Toshkent davlat agrar universiteti rektori
  • K.Sh. Tojiboyev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik
  • Sh.A. Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori, akademik
  • A.S. Turayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik
  • A. A’zamov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti bo‘lim boshlig‘i, akademik
  • M.X.Baratov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor
  • I.U. Majidov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori
  • A.K. Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
  • S.M. Turobjonov Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, akademik
  • G.Sh. Rixsiyeva Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori
  • H.B. Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori
  • A.B. Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori
  • A. Meliboyev “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri
  • I.U. G‘afurov O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, adib, tarjimon
  • M. Axmedov O‘zbekiston xalq yozuvchisi
  • E.N. A’zamov “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi
  • B.N. Karimov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri
  • N.A. To‘xliyev Xalqaro islom akademiyasi professori, akademik
  • B.R. Mengliyev Toshkent Amaliy fanlar universiteti professori
  • Sh.N. Ko‘chimov Toshkent davlat yuridik universiteti professori
  • I.A. Sultonov O‘zbekiston xalq yozuvchisi
  • A.P. Madvaliyev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri
  • I.M. Azimov Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori – prorektor
  • R.I. Isayev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori
  • B.B. Akbaraliyev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injinering fakulteti dekani
  • Yo.M. Odilov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri
  • O. Bo‘riyev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
  • N.J. Xolbo‘tayev  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari, Komissiya kotibi

Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi tushuncha va atamalarning turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlash;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
  • boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilish;
  • o‘zbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga joriy etish va amalda qo‘llashning huquqiy muammolarini o‘rganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash;
  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga atamashunoslik masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
  • O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining Atamalar komissiyasining ishchi organi sifatidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari markaziy apparatlarida tashkil etilgan Atamalar bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Belgilab qo‘yilishicha, Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Atamalar komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.

Подобные новости