• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27°C
Detail image

Farg‘ona viloyati hududida IIB hamda DXX hamkorlikda jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning yashash manzillarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir doirasida 178 nafar shaxslarning yashash manzillarida o‘rganishlar olib borildi. Natijada 93 nafar shaxslar noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelganligi aniqlandi. 85 nafar shaxslar kelgusida huquqbuzarlik sodir etmasligi to‘g‘risida ogohlantirildi. Shuningdek, 48 nafarini hatti-harakatlarida jinoyat tarkibi, 46 nafarida maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirildi.  

Tezkor tadbirlarda 1 ta ov quroli, 37 ta sovuq qurollar, 7 ming 847 tup giyohvandlik o‘simliklari, 1 kilogramm 211 gramm giyohvandlik vositalari, 6 ta pnevmatik qurol, 13 ta telefon va 26 ta diniy mazmundagi materiallar olindi.

Подобные новости