• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

MIB Axborot xizmatining xabar qilishicha, Farg‘ona viloyatida qidiruvdagi Lacetti avtohalokat oqibatida pachoqlangan holda boshqa hududdan topilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro S.F. bankdan kredit olib, muddatida qaytarmagan. FIB Qo‘qon tumanlararo sudining 4 martdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor S.F.ning boshqaruvida bo‘lgan Lacetti‘ni xatlash belgilangan. Sud qaroriga ko‘ra, kredit qarzdorligini garov mulkiga qaratish belgilangan.

Davlat ijrochisi ko‘rsatilgan manzilga bir necha bor borgan, biroq avtomobil topilmagan. Natijada ushbu avtomobilga qidiruv eʼlon qilingan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasi davomida ushbu avtomashina Uchko‘prik tumani “Eshimbek” MFYdagi xonadonning biridan YTH natijasida nosoz holatda topilib, davlat ijrochisi tomonidan xatlangan.

Hozirda auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Подобные новости