• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +15°C
Detail image

Prezidentning “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartib­-taomillarini soddalashtirildi.

Bunda yuridik shaxslar tomonidan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash uchun ruxsat olish jarayonlari soddalashtirilgan holda, 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Energetika vazirligining buyrug‘iga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zenergoinspeksiya” quvvatlantirish stansiyalarini tarmoqqa ulash uchun ruxsat olish jarayonlarini belgilangan muddatlarda kelishib berilishini taʼminlaydi.

Aholini energiya resurslari bilan taʼminlash va atrof-muhitni himoya qilishga xizmat qiluvchi mazkur turdagi faoliyatlar Energetika vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelmoqda.

Подобные новости