• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

YUNESKOning Nyu Dehli shahrida o‘tkazilgan 46-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi bilan ICOMOS (Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro kengash) mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda "Boqiy Buxoro" madaniy-etnografik bog‘ini barpo etish va Shahrisabzni Butunjahon merosi ro‘yxatida saqlab qolish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga ayni paytda yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berildi, YUNESKOga taqdim etiladigan hisobot yuzasidan tavsiyalar olindi.  

Uchrashuvda qurilish va rekonstruksiya ishlari davomida tarixiy-madaniy obidalarga putur yetkazilishining oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, tadbirda Fransiyaning "Wilmotte & Associés" meʼmorchilik byurosi vakillari ham ishtirok etib, yangi binolarning atrof-muhitga zarar yetkazmasdan barpo etilishi muhimligini taʼkidlashdi.  

Подобные новости