• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Bugun Bo‘stonliq tumanida davlat idoralari matbuot kotiblari va axborot xizmatlari rahbarlarining navbatdagi media-forumi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi

"Ikki kun davomida ishtirokchilar axborot kampaniyalarini tashkil etish, sifatli media kontent yaratish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishning dolzarb masalalarini, matbuot xizmati faoliyatida sunʼiy intellekt imkoniyatlari va zamonaviy tendensiyalarni aniq keyslar misolida muhokama qiladilar, fikr va tajriba almashadilar.

Anjuman ochilishidagi kirish so‘zimda Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan islohotlar matbuot kotiblarining maqomini oshirgani va ularga keng imkoniyatlar ochib berganini alohida taʼkidladim.

Shu bilan birga, sohada hanuz tizimli kamchiliklar va sustkashlik kuzatilayotganini, o‘z ustida tinimsiz ishlash, ogohlik, jonkuyarlik, tezkorlik va yuksak professionalizm ular ishining bosh mezoni bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tdim.

Umid qilamanki, media-forum hamkasblarning bu boradagi bilim va tajribasini oshirishga, o‘z xizmat vazifalarini yana-da sifatli va mukammal bajarishlariga xizmat qiladi. Bu yo‘lda ularga kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilayman", - deya ta'kidladi Asadov. 

Подобные новости