• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +22°C
Detail image

Joriy yilning 8-14-yanvar kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 630,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 138,2% ga ko‘pdir. 

Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 84,2% birja savdolariga, qolgan 15,8% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, ochiq birja savdolari orqali jami 2 215,7 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 30 010,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 6,0 ming tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 540,2 ming so‘mdan 511,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 42 ta xaridor ishtirok etdi.

Shakar

Birja savdolariga 10 901,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 379,0 tonnasi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 8 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 889,8 ming so‘mdan 12 537,1 ming so‘mgacha pasaygan.

Suyultirilgan gaz

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 5 672,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 5 392,0 tonnasi, yaʼni 95,1% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 207 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 787,7 ming so‘mdan 7 744,5 ming so‘mgacha pasaygan.

Подобные новости