• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +18.1°C
Detail image

Yaponiya va Qo‘shma Shtatlar gipertovushli nishonlarni urib tushirish uchun mo‘ljallangan yangi raketani birgalikda ishlab chiqish uchun taxminan 460 milliard iyen (hozirgi kurs bo‘yicha qariyb 3 milliard dollar) sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, Yaponiya tomoni bu maqsadlar uchun 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratadi. Ta’kidlanishicha, eng yangi raketani yaratish 2030-yillarning ikkinchi yarmida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, avvalroq Tokio va Vashington gipertovushli nishonlarni qayd etish va kuzatish uchun mo‘ljallangan qo‘shma sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘ini ishlab chiqish va yaratishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Подобные новости