• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Andijonda 17 yoshli yigit kanalda oqib ketdi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 24-iyul kuni soat 13:30 larda Marhamat tumani, “Qovunchi”  MFY, M.Yusuf ko‘chasi 25-uyda yashagan 2007-yilda tug‘ilgan S.S. Marhamat tumani, Qovunchi MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Farg‘ona kanali”da cho‘milayotgan vaqtida ehtiyotsizligi natijasida oqib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Подобные новости