• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +14°C
Detail image

Prezident "Matonat madhiyasi" yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

Bog‘chalarni qurish va ta’mirlashga ajratilgan mablag‘larning 50 foizi “Ochiq budjet”ga o‘tkaziladi

2025-yilgi investitsiya dasturi doirasida bog‘chalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarga yo‘naltiriladi.

Aprelda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli oshdi

Joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari $918 mlnga oshib, $35,1 mlrdni tashkil etdi.

Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi

Unga ko'ra, ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi. Soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi

Unga ko'ra, o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball). Shuningdek, ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinmoqda.

DXX: 1,4 kg oltinni O'zbekistondan noqonuniy olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasini jalb qilgan holda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Kuvayt O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini kengaytirishni rejalashtirmoqda

O'zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvaytning "Suma Fruits International" kompaniyasiga tashrif buyurib, menejerlar Muhammad Husayn va Sulaymon al-Hamad bilan uchrashdi. Kuvayt tomoni O'zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarini sotib olish uchun o'zbek kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

Hindistonda o‘zbekistonliklar 5 kg oltin bilan ushlandi

Dehli Bojxona xizmati xabariga ko‘ra, Dubaydan kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi aeroport bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ular 3,16 million rupiylik oltinni noqonuniy olib kirishga uringani aniqlangan.

Dehlidan Chikagoga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Samolyotda bo'lgan 86 yoshli ayol yurak hurujiga uchragan.

Bu yil Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yaxshi bo‘lishi kutilmoqda – suv xo‘jaligi vaziri

"Ko‘p yillik meʼyorlarga nisbatan esa Sirdaryoda 85-90 foiz, Amudaryoda 90-95 foizgacha suv bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Bugungi kunda suv omborlarimizda o‘tgan yilga nisbatan 1,5 milliard kub ortiqcha suv zaxirasi yaratilgan", — dedi vazir.

Подобные новости