• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +21°C
Detail image

Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo,Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, ertalab Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.

Подобные новости